Viloyat hokimi tashrifidan so‘ng
Ayni kunlarda Sariosiyo tuman Dehqon oziq-ovqat MChJ da sotuvchi-xaridorlarga hamda haydovchilarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, shu vaqtga qadar ko‘cha yuzasida savdo qilayotgan sotuvchilarga bozor ichkarisidagi rastalardan joy ajratildi, bozor hududi tartibga keltirildi. Shuningdek, hududdagi bo‘sh yer maydoni tekislanib asfalt yotqizildi va haydovchilarga avtoturargoh sifatida foydalanishga topshirildi.
Shu bilan bir qatorda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tumandagi oziq-ovqat dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari doimiy tarzda o‘z ish faoliyatini olib bormoqda hamda mas‘ullar tomonidan ushbu yarmarkada narx-navo barqarorligi ham ta‘minlanmoqda.