O'quvchilarning ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2023-yil 6-yanvar kuni Sariosiyo tumani o‘quvchilari viloyatimizning diqqatga sazovor go‘shalari tarixiy qadamjolarini, kecha va bugunni o‘zida aks etgan muzeylariga, zamonaviy va milliy uslubda qad rostlagan bino va inshootlari bo‘ylab sayohat qilmoqda.
Tuman hokimligi, Respublika ma'naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yanvar oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston bo‘ylab “Yoshlar turizmi haftaligi” ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Ayni vaqtda tarixni oʻrganish, kelajagimiz egalarining maʼnaviyatini boyitish barobarida ularni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.