Ma’lumki Davlatimiz Rahbarining topshiriqlari doirasida tumanlardagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda ularning kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazishlariga amaliy yordam berish borasida ham qator ishlar bajarilmoqda.
Jumladan, hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida aholini koʻmir bilan ta’minlash borasidagi ishlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.
Xususan, senator A.Sanginov tashabbusi bilan Sariosiyo tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” va “Temir daftari” da roʻyxatda turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ehtiyojmand oilalar, yakka-yolgʻiz keksalar, moddiy koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida, tumandagi 2903 nafar fuqaroga 1742 tonna, ya’ni har bir fuqaroga 600 kg. dan koʻmir yetkazib berish boʻyicha reja belgilangan boʻlib, joriy yilning bugungi kun holatiga jami 1698 tonna koʻmir mahsuloti aholi xonadonlariga tarqatildi.
Ayni vaqtda koʻmir mahsulotlarini aholi xonadonlariga tarqatish ishlari davom ettirilmoqda.