...
10.03.2023
155 marta o'qildi

Tumanimizda 2023 yilga mo‘ljallangan paxta chigiti ekish ishlari davom etmoqda
Tuman hokimi Abduqodir Donayev, Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i D.Tangriyev,  tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman qishloq xo‘jaligi boshlig‘i N.Gʻafforov va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan birgalikda tumandagi "Xufar" hududida joylashgan "Ohunjon fayz Agro" fermer xo‘jaligining dala maydonida bo‘ldi.
Hozirda fermer xo‘jaligi tomonidan 2023 yil paxta hosili uchun dala maydonining 6.0 gektar yer maydoniga urug‘ ekilayotgan bo‘lib tuman hokimi tomonidan barcha mas’ullarga va fermer xo‘jaligi rahbarlariga tumanda 2023-yil paxta chigitini ekish jarayonlarida tumanimiz sharoitiga mos keladigan va yuqori sentner hosil olinadigan navlar ekilishi hamda  urug‘ ekish vaqtida agrotexnik tadbirlariga katta e'tibor qaratgan holda ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Ma’lumot o‘rnida, tumanda 2023-yilda 1900 gektar paxta xosili yetishtirilishi hamda hosili uchun "Namangan 77" hamda "Sulton" chigit navlarini ekish rejalashtirilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?