...
09.12.2022
101 marta o'qildi

Sariosiyo tumanidagi “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi A.Xujaqulov, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosalari, sektor rahbarlari va fermer va dehqon xo‘jaligi rahbarlar va xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan o‘zlarini mashaqqatli xizmatlari bilan xalqimizning dasturxonini to‘kin-sochin bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan sohaga aloqador bir guruh tashkilot rahbarlari, fermer va dehqon ho‘jaligi rahbarlari, mirob va mexanizatorlarga medal, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bir dasturxon atrofida jam bo‘lgan soxa vakillari uchun san‘atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?