Tumanda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida kanallar va ichki ariqni betonlash ishlarining borishi, gʻalla maydonlarini oziqlash va zaxirasini yaratish, texnika ta’mirida olib borilayotgan ishlar, soliq to‘lovlarini to‘lash, eksport rejasini bajarish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda bu sohadagi ishlarni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligi soha mutaxassislari, hudud rahbarlari, paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Jumladan, eksport ko‘rsatkichlari, kanal va ichki ariqlarni betonlash, 2024-yil hosili uchun g‘alla maydonlarida olib borilayotgan ishlar sifatini yaxshilash, bahorgi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida bajarilishi uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarining soz holatda keltirish zarurligi ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan yig‘ilishda sohada belgilangan ishlarni sifatli va muddatida bajarilish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi hamda ishlarni tizimli olib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.