O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tuman madaniyat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov, sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirasi, tuman hokimi o'rinbosari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Bosh Qomusimiz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, ta’lim, fan, madaniyat hamda ma’naviyat rivojida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganligi ta’kidlab o'tdi.
Shuningdek, tadbirda madaniyat markazining ijodiy jamoasi va harbiylar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda ijro etilgan kuy qo'shiqlar tomoshabinlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.