...
08.03.2023
88 marta o'qildi

Tumanda 2023 yil uchun paxta urug‘larini yerga qadash ishlari boshlandi
Sariosiyo tumani “Xufar” hududida joylashgan “Xayrullo oltin dalasi” fermer xo‘jaligining dala maydonida chigit ekish ishlarini qisqa va maqbul muddatlarda sifatli bajarish, chigit ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, texnikalardan unumli foydalanishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv seminar tadbirida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Qurbonov, sohaga mas’ul tashkilot va korxonalar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminar avvalida nazariy tushunchalar berilgan bo‘lsa yakunda barcha dala maydoniga tashrif buyurib, hosilning barakali bo‘lishini niyat qilib jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.
Shundan so‘ng keksalar duolari bilan egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llagan holda chigitlarni ekish ishlarini boshlab yuborishdi.
Seminar davomida mutaxassislar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashishdi.
Ma’lumot o‘rnida, tumanda 2023 yil hosili uchun "Namangan 77", "Sulton" hamda boshqa chigit navlarini ekish rejalashtirilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?