Sariosiyo tumani hokimligi-Tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
...
08.09.2023
58 marta o'qildi

Tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Bugun, Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat hududida jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida olib borilayotgan ishlar ahvoli yuzasidan videoselektor tarzida bo‘lib o'tgan yig'ilish muhokamasidan so'ng, tuman hokimligi majlislar zalida, tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligida, sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahalla beshligi xodimlari bilan tumanda jinoyatlarning sabablari, kelib chiqish omillari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar har bir mahalla kesimida tahlil qilindi.

Muhokamada, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida sektor rahbarlari, mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori va boshqa hamkor idoralar mas’ullari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?