Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli "Do'stlik" mahallasida bo‘lib o‘tdi
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi. Shu maqsadda Sariosiyo tumani 1-sektor hududida joylashgan “Do'stlik” mahallasida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar bilan "Sayyor qabul"i bo‘lib o‘tdi.
Qabulda mahalla fuqarolari tomonidan imtiyozli kredit olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, yo'l, suv, eskirgan sim yog'ochalarni yangisiga almashtirish, va ish bilan ta'minlash hamda o‘zlarining shu kabi muammo va takliflari yuzasidan murojaat qilishdi. Yo‘llangan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida o‘z yechimini topgan bo‘lsa qolgan vaqt talab etuvchi murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.
Qabuldan so‘ng tuman hokimi mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.