Tuman hokimi A.Donayev "Shabnam" mahalla fuqarolari va yoshlar bilan uchrashib ularning taklif hamda muammolarini tingladi va ushbu muammolar bilan batafsil tanishish maqsadida mahallada joylashgan mahalla guzari, 66-sonli umumta’lim maktabi, mahallaning ichki yo‘llari, obodonligi va mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda uchastka nozirining o‘z ish faoliyatlarini olib borishda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishda 66-sonli umumta'lim maktabida gaz bosimining pastligi sababli isitish tizimi talab darajasida emasligi, “Melikmurod Norov” ko‘chasida og‘ir yuk mashinalari harakatlanishi oqibatida yo‘llar ta‘mirtalab ahvolga kelib qolganligi aniqlandi. Mazkur aniqlangan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish hamda natijasi yuzasidan axborot berish yuzasidan mas‘ullarga topshiriq berildi.