Tuman hokimi A. Donayev, Surxondaryo viloyati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshqarmasi boshlig‘i S.Namozov, tuman prokurori N.Azizov hamda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari va tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda kunning ikkinchi yarmida 1-umumta'lim maktabida bo'lib u yerda o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar xususan, maktab zarur texnik vositalar bilan ta'minlanganligi, bolalarning sport bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, mutolaa madaniyatini oshirish bo'yicha badiiy adabiyotlar bilan ta'minlanganligi hamda isitish tizimining ishlash holatini o‘rgandi. O‘quvchilar ta’lim olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish va kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha mas'ullarga ko‘rsatmalar berdi.