Ushbu uchrashuvda 2023 yil paxta-g‘alla maydonlariga katta e‘tibor qaratish, har bir dala atroflariga belgilangan tartibda handaklarni qazish, shuning bilan birgalikda mahalliy o‘g‘it bilan to‘ldirish muddati kelganda esa dalaning barcha maydonlarini sharbatlab sug‘orish, bahorgi dala ishlarida texnikalarni shay holatga keltirish, mineral va kimyoviy preparatlarni zaxirasini yanada kengaytirish, hosilning unumdorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish hamda barcha dala atrofidagi ariq-zovurlar tozalanib dala atrofiga tut, tok va bodom kabi ko‘chatlarni ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.