Bugun, Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov mas‘ullar bilan birgalikda tuman hokimligi tomonidan “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan doimiy turar joylari bo‘lmagan xotin-qizlarni ijtimoiy uylarga joylashtirish maqsadida “Afrosiyob” mahallasi Binokor ko‘chasida joylashgan tuman hokimligi balansidagi 3 qavatli uy-joylarda olib borilayotgan qurilish-ta‘mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Hozirgi vaqtda mazkur binoni ta’mirlash uchun 700 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, “Bahora-Jahon-Davr” XK boshqaruv servis ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyasi tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma‘lumot uchun, mazkur bino foydalanishga topshirilgandan so‘ng 30 ta xonadondan iborat ijtimoiy uy sifatida faoliyat ko‘rsatadi.