Sariosiyo tumani hokimligi-Tuman hokimi Sharg‘un shahridagi maktablarda bo‘ldi Kuni kecha viloyat hokimi U.Qosimovning Surxondaryo telekanali orqali bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida Sariosiyo tuman 60-sonli umumta’lim maktabida open byudjet loyihasi doirasida sport zal qurilish ishlari amalga oshirilmaganligi bo‘yicha murojaat tushgan edi. Shu munosabat bilan bugun 13 fevral kuni tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sharg‘un shahar hokimi J.Shaymardonov va tuman hokimi o‘rinbosari A.Qurbonov bilan birgalikda 60-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishdi.
...
13.02.2023
171 marta o'qildi

Tanishish jarayonida sport zal qurilishi uchun mo'ljallangan yer maydoni ko‘zdan kechirilib qurilish ishlarini tez fursatda amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, maktabning isitish tizimi, o‘quvchilar uchun yaratilgan o‘quv xonalarining sharoitlari, kutubxona, yangi tashkil etilgan tikuvchilik kasb-hunar xonasi ko‘zdan kechirildi hamda maktabda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va yashil-makon barpo etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shundan so‘ng tuman hokimi informatika va axborot texnalogiyalari chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan 5-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi va sinfxonalardagi shart-sharoitlarni, o‘quv xonalari, kompyuter texnologiyalari xonasidagi sharoitlarni o‘rgandi hamda mutasadilarga maktabda IT sohasini kengroq tatbiq etib yoshlarimizga kompyuter savodxonligiga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriqlar berdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/22215?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?