Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov Afrosiyob mahallasi Binokor ko‘chasida joylashgan uy-joyga muhtoj, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlarni yashash sharoitlarini yaxshilash va uy-joy bilan ta‘minlash maqsadida ta‘mirlanayotgan 3 qavatli uy-joylarda olib borilayotgan qurilish-ta‘mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Tuman hokimi qurilish ishlari amalga oshirilayotgan obyektni mas‘ullar bilan birgalikda yaqindan tanishib chiqdi va obyektni sifatli topshirilishi borasida kerakli tavsiyalarni berdi.