...
28.02.2023
91 marta o'qildi

Tuman hokimi MTT faoliyati bilan tanishdi

Bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev mas‘ullar bilan birgalikda maktabgacha ta‘lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 8-sonli MTTga tashrif buyurdi.

Konchilar mahallasida 135 o‘ringa mo‘ljallangan MTTda hozirgi kunda 150 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 30 nafar xodimlar ta‘lim-tarbiya berib kelmoqda. Tanishish jarayonida tuman hokimi yoshlarga yaratib berilgan imkoniyat va sharoitlarni ko‘zdan kechirib, mazkur sharoitlardan oqilona foydalanish ertangi kunimiz bo‘lmish yoshlarni kamol topishida muhim ahamiyat kasb etishi borasida ta‘kidlab o‘tdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?