Bugun, Sariosiyo tumani hokimi Abdisalom Xujaqulov tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi Galabutta mahallasi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi va ularga o‘z munosabatini bildirdi.
Murojaatlarning ba'zilari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, mablag‘ va muddat talab qilinadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga muddat berildi.