Bugun 27-yanvar kuni tuman hokimi Abduqodir Donayev erta tongda tuman prokurori N.Azizov, tuman IIB boshlig’ M.Omonto’rayev, tuman hokimining qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari S.Qurbonov va fermer xo’jaligi rahbarlari bilan birgalikda Sariosiyo tumanida 2023 yil bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo'jaligi texnikalarini ta'mirlash ishlarini tashkil etish bo'yicha "Sariosiyo Agroservis-2017 MTP" MChJ binosida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilish avvalida tuman hokimi qishloq xo'jaligi texnikalarini mavsumga tayyorgarligi, ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirdi. Tanishish jarayonida S.Qurbonov tumanda bahorgi dala ishlarida qatnashadigan barcha texnikalar markazlashgan holda ta’mirlayotganligi hamda kerakli ehtiyot qismlarning sifatiga e’tibor qaratilayotganligini aytib o'tdi.
Shuningdek, tuman hokimi mas'ullarga bahorgi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarilishi uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini hozirdanoq tayyor holatga keltirib qo‘yish, ularning texnik sozligini qayta ko‘zdan kechirish muhim omil hisoblanishini, qishloq xo‘jaligida samaradorlikning yuqori bo‘lishi uchun fermer xo‘jaliklari zamonaviy va soz holatdagi texnikalar bilan ishlashlari zarur ekanini ta'kidlab o'tdi.