Sariosiyo tumani hokimligi-Tuman hokimi bozordagi narxlar barqaroqligini ko'zdan kechirdi
...
20.02.2023
190 marta o'qildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev viloyat hokimi Ulug'bek Qosimovning 18 fevral kuni tumanga tashrifi chog'ida berilgan topshiriq ijrosi bajarilishini ya'ni aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida tumandagi oziq-ovqat dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari holati, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligi, savdo rastalari holatini o'rgandi.

Shuningdek, ko‘chalarda savdo qilayotgan sotuvchilarga bozor ichkarasidagi rastalardan joy ajratilganligi, bozor hududini tartibga keltirilganligi, avtoturargoh holatini ko'zdan kechirdi va mas'ullarga aholiga qulay sharoit yaratish, narxlarning asossiz oshirilishiga yo'l qo'ymaslik, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish bo'yicha topshiriq berdi.

Qolaversa tanishish jarayonida bozor hududiga tashrif buyuruvchi xaridorlarda qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilayotgan avtoturargohning yer maydoni tekislanib, asfalt yotqizish jarayoniga tayyorlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?