Bugun tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov tog‘li Sangardak mahallasining "Bog‘cha" qishlog‘iga tashrif buyurib aholi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda aholi vakillarining taklif va muammolari tinglandi.
Shuningdek, 44-umumta‘lim maktabi hamda 31-maktabgacha ta‘lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishish jarayonida tuman hokimi yoshlarga yaratib berilgan imkoniyat va sharoitlarni ko‘zdan kechirib, mazkur sharoitlardan oqilona foydalanish ertangi kunimiz bo‘lmish yoshlarni kamol topishida muhim ahamiyat kasb etishi borasida ta‘kidlab o‘tdi.