Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev mas'ullardan tashkil topgan ishchi guruh bilan birgalikda “Do’stlik” va “Bog’ishirin” mahallalariga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida “Do‘stlik” mahallasining ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan binosi ko‘zdan kechirildi hamda mahallada faoliyat olib boruvchi faollar vaqtincha boshqa binoda ish yuritayotganligi aniqlandi. Tuman hokimi zudlik bilan mahalla binosida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirilishi bo‘yicha mutasaddi xodimlarga ko‘rsatma berdi.
Shundan so’ng “Bog‘ishirin” mahalla binosi ham o‘rganildi va ushbu mahalla binosi ham ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi ma'lum bo'ldi. Mazkur mahalla binosi homiylar tomonidan qurilayotganligi va ayni vaqtda qurilish ishlari to'xtab qolganligi sababli tuman hokimi tomonidan mas’ullarga joriy yilning 2 choragiga qadar binoni qurib foydalanishga topshirilishi kerakligi yuzasidan topshiriq berdi.
Tuman hokimi “Bog‘ishirin” mahallasida sabzavotchilika ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi dala maydonida ham bo‘lib, eksportbob mahsulotlarni yetishtirish jarayonini o’gandi va fermer xo’jaligi rahbariga sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha bir qator taklif va ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan birga “Do‘stlik” va “Bog‘ishirin” mahalla fuqarolari bilan suhbat olib borilib ularning muammolari tinglandi va yo'llangan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.