...
26.01.2023
135 marta o'qildi

Bugun 26 yanvar kuni tuman hokimi A.Donayev, tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Qurbonov bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni izchil o‘rganish, g‘alla maydonlarini sug‘orish, o‘g‘itlash, bo‘sh maydonlarni shudgorlash ishlarining bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarining joriy etilganlik holatlarini o‘rganish maqsadida tumandagi paxtachilik va g'allachilikka ixtisoslashgan “Yusuf davr” hamda “Ahmatqulova Muslima” fermer xo'jaligi va limonchilikka ixtisoslashgan UZAGROLIDER MCHJ ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tuman hokimi birinchi galda fermer xo'jaligi rahbarlari bilan uchrashib, belgilangan yer maydoniga boshqa turdagi ekin mahsulotini ekmaslik hamda fermer xo'jaligi yer maydonining atrofidagi ariq va zovurlarni tozalash va tut, tok ko'chatlari ekish bo'yicha topshiriq berdi. Shuningdek, UZAGROLIDER MChJ hududidagi issiqxonalarning isitish va tomchilatib sug'orish tizimini ko'zdan kechirdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21234?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?