Sariosiyo tumani hokimligi-Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Ijtimoiy soha obektlarining isitish tizimi ko‘zdan kechirilmoqda
...
18.01.2023
212 marta o'qildi

Sariosiyo tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat olib borayotgan barcha ijtimoiy soha ob’yektlarini isitish tizimlari va yong'in xavfsizligini holatini ko‘zdan kechirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar bilan bog‘liq hodisalarni oldini olish bo‘yicha fuqarolarga zarur tavsiyalar berildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda sovuq havoning kirib kelganligi bois aholini isitiz tizimlariga bo'lgan ehtiyojini hisobga olgan holda favqulotda vaziyatlarning oldini olishdir.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?