Sariosiyo tumani hokimligi-“To‘palang” GESning modernizasiya ishlari ko‘zdan kechirildi
...
18.02.2023
118 marta o'qildi

Iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa joriy yil qish mavsumida kuzatilgan energoresurslar inqirozi elektr ishlab chiqarishni oshirish, voha aholisini barqaror energiya resurslari bilan ta’minlashda yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjudlarini modernizasiya qilib, quvvatini oshirishni taqozo qilmoqda.

Bugun Sariosiyo tumanida bo‘lgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “To‘palang” GESda olib borilayotgan modernizasiya ishlari bilan tanishdi. Hududga tashrif chog‘ida viloyat hokimiga “O‘zbekgidroenergo” AJ raisi, senator Abdug‘ani Sanginov hamrohlik qildi.

“To‘palang” suv omboridan tushuvchi suv yo‘lida, ya’ni bitta kaskadda 4 ta GES faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirgi kunda “To‘palang”, “Zarchob 1” va “Zarchob 2” GESlari ishga tushirilgan ushbu kaskadda “Zarchob 3” GES qurilishi jarayonlari davom etmoqda.

Shu bilan birga “To‘palang” GESida elektr energiya ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida moderniyazasiya ishlari ketmoqda. Mazkur GES to‘liq quvvatda ish boshlagach 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi. Shunday qilib, bitta kaskadda joylashgan 4 ta GESda 266,4 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga erishiladi va vohaning 40 foiz ehtiyoji ta’minlanadi.

Viloyat rahbari modernizasiya jarayonlari bilan tanishib, ishlarni sifatli amalga oshirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, hududni obodonlashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?