Tikuvchilik korxonasi va mehmon uyi faoliyati bilan tanishildi
Har tomoni viqorli tog‘lar bilan o‘ralgan “Sangardak” mahallasida zamonaviy “Sangardak chevarlari” tikuvchilik korxonasi faoliyat yuritmoqda. Media tur ishtirokchilari tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishishdi.
Hozirda 50 dan ortiq mahalla xotin-qizlari ushbu korxonada tikuvchilik bilan band. Shuningdek, bu yerda “Ustoz-shogird” an’analariga muvofiq ishsiz xotin-qizlarga kasb o‘rgatish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, media tadbir ishtirokchilari mahallada joylashgan “Chingiz” oilaviy mehmon uyi faoliyati bilan ham tanishishdi. Maskanda oilaviy dam oluvchilar uchun barcha sharoitlar, yozgi basseyn, bolalar maydonchalari, xordiq chiqarish joylari tashkil etilgan.