Sariosiyo tumani hokimligi-Tibbiyot sohasidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi
...
29.04.2023
112 marta o'qildi

Tibbiyot sohasidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi

Tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish va sohada olib borilayotgan tub o‘zgarishlar natijasini tahlil etish, muammolarni o‘rganish maqsadida bugun Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tuman madaniyat markazida tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda tuman hokimi tibbiyot sohasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha to‘xtaldi. Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har tomonlama sog‘lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni qayd etib o‘tdi. Shundan so‘ng o‘z yechimini kutayotgan muammolar xususida batafsil so‘z yuritdi.

Ma‘lumot uchun: Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 28-aprel kuni Sherobod tumaniga tashrifi chog‘ida og‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilib mas‘ullar oldiga qator vazifalar belgilab berilgan edi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?