Tibbiyot sohasidagi yangiliklar, muammo va takliflar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimligi hamda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan “Media reja”si asosida Sariosiyo tuman hokimi o‘rinbosari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi markaziy shifoxona, birlamchi tibbiy sanitariya yordam muassasalari bo‘lim mudirlari, katta hamshiralari ishtirokida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish va mexanizmlarini joriy etish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, elektron xizmatni shakllantirish, shifokor oldi ko‘ruv xonalari holati, tibbiy asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlanishi, tibbiy brigadalar, kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar, kafolatlangan paket doirasida dori vositalari bilan ta’minlanishi, KTMP, OP, OSHPlardagi mavjud tibbiy asbob-uskuna va jihozlar holati, yetishmaydigan asbob-uskuna va jihozlar bo‘yicha moliyaviy masalalarni hal etish. Bepul retsept asosida dori-darmonlar berilishi, tor soha mutaxassislariga va shifoxonalarga yo‘llanma berish tartibi xususida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga seminarda, shifoxonadan davolanib chiqqan bemorlarning yangi shakldagi statistik kartasi (066-h/sh) hamda kasallik tarixidan ko‘chirma (027-h/sh) ni tadbiq qilish, ushbu yangi shakldagi hisobotlar shakli bo‘yicha hisobotlar yuritilishini tibbiyot xodimlariga doimiy tushintirish ishlarini olib borish lozimligi aytib o‘tildi va Reimbursatsiya tizimini joriy qilishga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish hamda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tizimi jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tishi munosabati bilan yangiliklardan xabardor bo‘lib turishi uchun @tibbiysugurta telegramma kanaliga o‘lanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.