Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi oldidan
Insoniyat yaralibdiki, davrlar o‘zgargan, zamonlar evrilgan. Biroq, barcha zamonu davrlarda ham moddiy va ma’naviy ozuqaga birdek ehtiyoj sezilgan. Yosh avlod buyuk allomalarning ma’naviy merosidan ozuqa olib, ulg‘aygan. Ajdodlarimiz yaratgan bunday asarlar hamon yoshlar uchun o‘chmas shamchiroq, hayot yo‘llarida ishonchli mayoq vazifasini o‘tamoqda, qadr-qimmati oshib bormoqda.
Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham o‘tmishda yashab, avlodlari uchun mangulikka yo‘g‘rilgan qadri tengsiz olimu fuzalolarimizni jahonga keng targ‘ib qilish barobarida o‘g‘il-qizlarimizning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ular qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va azaliy qadriyatlarga hurmat hissini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/645699 (https://uza.uz/uz/posts/termiziylar-merosi-xalqimizning-manaviy-nazhot-qorgoni_645699)