Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisining tegishli farmoyishi bilan Boyqulov Sherpo‘lat Mamarayimovich - Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlandi.
Sherpo‘lat Boyqulov 1974-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – agroximik-tuproqshunos, iqtisodchi. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati.
Mehnat faoliyati davomida viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, umumiy bo‘limi mudiri, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari lavozimlarida mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.