Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xujaqulov Abdisalom Pardayevich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Donayev Abduqodir Haydarovich tasdiqlandi.
Abduqodir Donayev 1981 yil 8 avgustda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
A.Donayev 2005-2022 yillarda Prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.