...
09.10.2024
21 marta o'qildi

Abduraimov Saydulla Berdishukurovich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

 

S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – matematika, yurisprudensiya.

 

Mehnat faoliyati davomida IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va "Vatanparvar" tashkiloti viloyat Kengashida turli vazifalarda hamda O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi lavozimida ishlagan.

 

Tayinlovga qadar Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, 2020-yildan buyon viloyat kengashi deputati.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?