Podpolkovnik Xo‘jamqulov G‘ayrat Choriyevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
G‘.Xo‘jamqulov 1978-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Qarshi muhandislik Iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodiyot boshqaruvi.
Mehnat faoliyati davomida, ichki ishlar organlarida turli rahbarlik i lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.