...
12.09.2024
32 marta o'qildi

Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich - “Surxondaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimiga tayinlandi.

 

A.Mamatqulov 1985-yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – mexanik-texnolog.

 

Mehnat faoliyati davomida Oltinsoy  tumani “Xo‘jaipok” ichimlik suv bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati “Suvoqova” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari hamda Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

 

Tayinlovga qadar “Surxondaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi direktori lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?