G‘ulomov Izzatulla Istamovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.G‘ulomov 1984-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilda Oliy harbiy bojxona institutini, 2021-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi (bojxona ishi sohasida), iqtisodiyot.
Mehnat faoliyati davomida Buxoro va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, Respublika bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Bojxona qo‘mitasi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tezkor bo‘lim boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.