Sariosiyo tumani hokimligi-Tatariston Respublikasi rahbari logistika markazi faoliyati bilan tanishdi. 
...
27.03.2024
67 marta o'qildi

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov rahbarligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrifini davom ettirmoqda.

 

Mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz tumanida joylashgan “Termiz National Carpets” MChJning gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi hamda "Termiz Agro Impex" MChJ xorijiy korxonasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash, saralash va eksportga yo‘naltiruvchi logistika markazi faoliyati bilan tanishishdi. 

 

Tatariston rahbari logistika markazi faoliyatiga katta qiziqish bildirib, vohamiz tadbirkorlari bilan ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan vazirlari hamda mas’ullariga vazifalar topshirdi. Ikki tomon ham o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?