Sariosiyo tumani hokimligi-Tanqidiy va tahliliy bo'lib o'tgan yig'ilishda zarur chora-tadbirlar belgilandi
...
05.05.2023
163 marta o'qildi

Tanqidiy va tahliliy bo'lib o'tgan yig'ilishda zarur chora-tadbirlar belgilandi

Bugun, 5 may kuni tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida ijro intizomi holati bo'yicha tanqidiy hamda tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha  ijro intizomi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, o'z vaqtida ko'rib chiqilmagan va muddati buzilgan arizalar, murojaatlarning ijrosini ta'minlamagan tuman hokimining 2 nafar o'rinbosari, sog'liqni saqlash boshqarmasi, yoshlar ishlari agentligi, tuman suv ta'minoti bo'limi, tuman elektr ta'minoti bo'limi mas'ullariga ogohlantirish berildi.

Shuningdek yig'ilishda og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash, "Ayollar daftari" bilan ishlash holati, , tumanning eksport-import ko'rsatkichlarini yaxshilash, obodonlashtirish masalalari yuzasidan mas'ullarga vazifa yukladi. Har bir rahbar ishiga mas'uliyat bilan yondashgan holda belgilangan topshiriqlar ijrosini o'z vaqtida sifatli bajarilishi lozimligi ta'kidlab o'tildi hamda yig'ilish natijasiga ko'ra zarur chora  tadbirlar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?