Sariosiyo tumani hokimligi-Surxondaryoda so‘z erkinligi fidoyilari sharaflandi
...
28.06.2024
80 marta o'qildi

Termiz shahridagi "Grant almaz" tantanalar saroyida 27-iyun -- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

 

Ayni paytda viloyatda 37 jurnal va gazeta, ikkita televidenie, bitta radio, to‘rtta rasmiy veb-sayt hamda markaziy ommaviy axborot vositalarining vohadagi vakillari hududlarda yuz berayotgan kunlik o‘zgarish va yangilanishlarni jamoatchilikka xolis yetkazmoqda.

 

70 dan ortiq davlat boshqaruvi idora, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan axborot xizmatlari jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?