...
30.08.2024
35 marta o'qildi

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida vohalik ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari hamda voha mehmonlari ishtirokida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hosila Raximova, Sayyora Qoziyeva hamda estrada yulduzlari Botir Qodirov, Janob Rasul va “Bojalar” guruhi, shuningdek, shoir Shodmonqul Salom, vohamizning taniqli, xushovoz san’atkorlari, madaniyat va san’at xodimlari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

 

Davlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy mehmonlar, vohamiz faollari va jamoatchiligi ishtirokida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?