Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil yanvar-may oylari davomida Surxondaryoning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 44 585,6 ming dollarni tashkil etgan.
Shundan:
eksport 35 146,0 ming dollar;
import 9 439,6 ming dollarni tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (73,0 foiz), Qozogʻiston (14,6 foiz), Turkmaniston (4,4 foiz) va Belarus (2,6 foiz) davlatlari hissisiga to‘g‘ri keladi.