Sariosiyo tumani hokimligi-Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
...
26.10.2024
22 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Bekovich Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

 

B.Babadjanov tayinlovga qadar, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda B.Babadjanov jamoatchilikka tanishtirildi.

 

Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi xodimlari, shahar va tumanlar prokurorlari, boshqarma hamda tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, nuroniylar va faollar ishtirok etdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?