Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirish respublika, viloyat, tuman va shaharlarda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari va manzilli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlarini bevosita mahalla darajasiga tushirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni-kecha Sariosiyo tuman hokimligida 17 nafar fuqarolarga subsidiya asosida maishiy texnikalar topshirildi.