Sariosiyo tumani hokimligi-Subsidiya ajratilishi yuzasidan ijobiy xabarnoma berilgan fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazildi
...
06.09.2023
54 marta o'qildi

Subsidiya ajratilishi yuzasidan ijobiy xabarnoma berilgan fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazildi

Bugun, Sariosiyo tumani hokimligi binosida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari A.Oripov rahbarligida, Respublika budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirishni jadallashtirish maqsadida, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlaridan ijobiy xabarnoma olgan fuqarolar, tuman hokimlarining birinchi o‘ribosarlari, qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshliqlari, pudratchi korxonalar hamda tijorat banklari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda, Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha berilgan subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar rasmiylashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan fuqarolarning muammolari hamda mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shundan soʻng, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan mavjud muammolarni ichiga kirgan holda o‘rganish va yechimi yuzasidan mas’ullarga aniq tegishli vazifalarni belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?