Sport musobaqasida g'oliblar taqdirlandi
Sariosiyo tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi bilan hamkorlikda mahallalardagi yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, salomatligini yaxshilash maqsadida Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi kubogi doirasida sportning Voleybol turi bo'yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Qolaversa futbol hamda shaxmat bo‘yicha ham yoshlar o‘zaro bellashdi. Ushbu musobaqada tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshlig‘i Sirojiddin Namozov, tuman hokimining o‘rinbosari A.Qurbonov ishtirok etishdi.
Musobaqada tumandagi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etib g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, pul mukofotlari va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.