So‘nggi vaqtlarda ta'lim tizimiga e'tibor har qachongidanda kuchaymoqda. Bolajonlarning o‘quv maskaniga sog‘-salomat borib kelishlarini ta'minlash ham asosiy masala bo‘lib qolmoqda.
Shu bois o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-son qarori ijrosini taʼminlash borasida Sariosiyo tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan Sariosiyo tumani, "Kelajaksari" mahallasida 2,5 km piyodalar yõlakchasi qurish ishlari olib borilmoqda.