Joriy yilning 18 oktabr kuni Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov “Sharofobod” mahallasining Qulpista va Xovuzqoq qishloqlarida 2 ta yangi ko‘prik qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tuman hokimi aholining uzog’ini yaqin qilish hamda avtomobil va transport vositalar qatnov sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ish sifatini ko‘zdan kechirib mas‘ullarga ko‘prikni mustahkam topshirishlari uchun kerakli ko‘rsatmalar berdi.
Ushbu ko‘prikni qurilish ishlari “Xushboq Ali Angor” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur ob’yektlarni joriy yilning 10 noyabriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda qurilish ishlari jadallk bilan amalga oshirilmoqda.