“Shabnam” mahallasida sayyor qabul o‘lib o‘tdi Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida, tumandagi aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda tumanning 1-sektor hududidagi “Shabnam” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Birinchi navbatda, “mahalla yettiligi”ning 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2024-yildagi istiqbolli rejalari yuzasidan hisobotlari eshitildi. Sayyor qabul davomida, fuqarolar mahalladagi elektr ustunlarini yangilash, ichki yo‘llarni asfaltlash, qabriston uchun yer maydoni ajratish, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishni tizimini yaxshilash hamda nuroniylarning ziyoratgohlarga borish uchun sayohatlar tashkil qilish kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini tuman hokimiga yo‘lladilar. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi. Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi. Bundan tashqari, tuman hokimi tomonidan fuqarolarning “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumi jarayonlarida faol bo‘lishlari, shuningdek, “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasi ishga tushirilganligi, endilikda tuman budjeti parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizini “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni taʼmirlash uchun yo‘naltirish imkoniyatiga ega ekanligi haqida ta’kidlab o‘tildi.