Senator Sebzor mahallasi fuqarolarining murojaatlarini joyida hal etdi
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Hozirda barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Xususan bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Senator Abdugʻani Sanginov va Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov Sebzor mahallasi aholisining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, fuqarolarning turmushini yanada yaxshilash maqsadida aholi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda fuqarolarni oʻylantirayotgan masalalar tinglandi.
Ularning oqova va ichimlik suvi hamda ichki yoʻllarni taʼmirlash masalalari bilan bogʻliq muammolari joyida oʻrganilib, ichki ko'chalarni asfaltlash ishlari shu vaqtning o'zida boshlab yuborildi.