Sariosiyo tumani 1-sektor hududida joylashgan tog‘li “Sangardak” mahallasining “Bog‘cha” qishlog‘iga tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov mas‘ullar bilan birgalikda ijtimoiy soha obyektlari ya‘ni 44-umumta’lim maktabi, 31-sonli MTT va tibbiyot punkti binolarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimi, bolalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, ushbu mahalla fuqoralari bilan uchrashib ularning muammo va takliflarini eshitdi.
Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan xonadonlarni to‘liq mayishiy gaz balonlari va toza ichimlik suvi bilan doimiy tarzda ta’minlash yuzasidan murojaatlar kelib tushdi va murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.