...
11.02.2023
111 marta o'qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, PDP University, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi hamkorligida, matematika fanidan Respublika fan olimpiadasi o’tkazildi. Olimpiadada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo’naltirish maqsadida respublikamizdagi umumta’lim maktabi va akademik litseylarning 10-11-sinf o’quvchilari qamrab olindi.

Mazkur olimpiadada tumandagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi hamda 4-37- 80-sonli umumta'lim maktablaridan jami 14 nafar o'quvchilar muvaffaqiyatli ishtirok etib PDP universitetining qishki qabuli uchun 12 000 000 so'mlik grantni qo'lga kiritdi.

 G'olib o'quvchilarimizni yutuq bilan tabriklab kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?